Uchrashuv davomida sport musobaqasi natijasiga live (jonli) tarzda pul tikishlar

Sport musobaqasi natijasiga pul tikishlar orasida live (jonli) tarzda pul tikishlar alohida o‘rin tutadi. Ular juda qiziqarli bo‘lib yaxshigina pul yutish imkonini beradi. Lekin pul yo‘qotmaslik uchun, bunday pul tikishlarning mohiyatini diqqat bilan tushunib olish kerak. Shu bilan birga, sizda umuman qanday variantlar borligini yaxshiroq tushunib olasiz.

Live (jonli) tarzda pul tikishlar o‘zi nima?

Live (jonli) tarzda pul tikishlar – bu ma’lum bir sport tadbiri o‘tkazilayotgan bir paytda unga o‘ynalgan garovdir. Masalan, o‘yin yoki jang paytida.

Bunday pul tikishlardagi koeffitsientlar o‘yin davomida o‘zgarishi mumkin. Buni misollar bilan tushuntirish osonroq:

1.      Faraz qilaylik, «Barselona» – «Arsenal» o‘yini 2:1 hisobida ketmoqda. U yoki bu jamoaning g‘alabasi uchun koeffitsientlar o‘yin davomida o‘zgarishi mumkin. Ammo agar o‘yin juda faol ketayotgan bo‘lsa, siz TB4 ga pul tikishingiz mumkin. Va aksincha, agar jamoalar o‘zlarini sustroq tuta boshlagan bo’lsa, unda siz hisob o’zgarmasligiga live (jonli) tarzda pul tikishingiz mumkin.

2.      Yana bir misol «Bavariya» – «Xaydenxaym» uchrashuvi. Uchrashuv boshlanishidan oldin ko‘pchilik mezbonlarning g‘alaba qozonishiga ishongandi. Shuning uchun ularning yutishiga koeffitsient juda past bo’ldi, atigi 1.08. Lekin mezbonlarda o‘yinchi maydondan chetlashtirilgach, ustiga o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng 1:2 hisobida yutqaza boshlaganidan so‘ng, “Bavariya”ning g‘alabasi uchun koeffitsient 2.2 gacha ko‘tarildi. Natijada mezbonlar baribir uddasidan chiqib g‘alaba qozonishdi. O‘yin davomida ularga pul tikkanlar esa juda yaxshi miqdorda pul ishlab olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Albatta, sport musobaqasi natijasiga pul tikishlar orasida nafaqat futbolda, balki boshqa ko’plab misollarni keltirish mumkin. Bunday pul tikishlar barcha sport turlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Live (jonli) tarzda pul tikishlarning xususiyatlari

Agar siz live (jonli) tarzda pul tikishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, ularning xususiyatlarini tushunib olishingiz kerak bo‘ladi. Shunday qilib:

  • Ushbu pul tikishlar o’yin boshlanishidan ma’lum bir vaqtgacha qadar amalga oshirilishi mumkin. Faraz qilganingizdek o‘yin oxirigacha hech kim butun liniyani (qatorni) ochiq tutmaydi.
  • Live (jonli) tarzda pul tikishlar uchun sizda juda yaxshi internet tezligi bo‘lishi kerak. Nima bo‘layotganiga zudlik bilan javob berish katta ahamiyatga ega. Bu aynan kimga pul tikish kerakligi haqida tezda qaror qabul qilishga yordam beradi.
  • O‘yin davomida pul tikish uchun siz o‘yin translyatsiyani tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz kerak. Shuning uchun, jonli o‘yin bukmekerning veb-saytida muammosiz ko‘rsatilishiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Yana bir variant – kerakli ma’lumotni tezda olishga yordam beradigan manbani topish.
  • Live (jonli) tarzda pul tikishlarni amalga oshirish uchun sizga kerak bo‘lgan hamma narsa oldindan ochilgan bo’lishi kerak. Bu nafaqat translyatsiya bilan servis, balki kerakli oynalar, onlayn kalkulyator. Ba’zi pul tikuvchikar, shuningdek, vilkalarni kuzatish imkonini beruvchi servislardan foydalanadilar. Bu ham yaxshi yordam.
  • Faqat past koeffitsientlarga e’tibor qaratish, ya’ni uchrashuvning vaqtinchalik favoriti kim ekanligi haqida shoshilinch xulosa chiqarish juda qo‘pol xato bo‘ladi. Aslida o‘yin natijasi bir uchrashuvda u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin. Va aniq kim g’olib bo‘lishini aniqlash juda qiyin masala. Buni ma’lumotlar to‘plamiga ko‘ra amalga oshirish kerak.
  • O‘yin davomida pul tikish ko‘pincha o‘yinchilarni faqat maydonda bo‘’layotgan voqealarga e’’tibor berishga undaydi. Pul tikuvchilar ko‘pincha o‘yindan birinchi taassurotning ta’sirini va o‘zlarining qobiliyatlarini ortiqcha baholaydilar va bukmekerlik idoralari esa bundan pul ishlashadi. Va shu bilan birga, o‘yinchilar statistik ma’lumotlarga yetarlicha baho bermaslikka moyil bo‘ladi. Axborotning uzoq tahlil qilinishini odatda o‘yin oldidan pul tikishga o‘xshatishadi. Va bu qo‘pol xato. Live (jonli) tarzda pul tikish ham tayyorgarlikni talab qiladi. Hatto o’yin boshlanishidan oldin ham jamoa yoki o‘yinchilar haqida, o‘tgan uchrashuvlar tarixi, mavsum statistikasi haqida imkon qadar ko‘proq ma’lumot to‘plash kerak. Bularning barchasini hisobga olish kerak.
  • Ko‘pgina o‘yinchilar taymning ikkinchi yarmida yoki o‘yin tugashiga oz vaqt qolganida, joriy holatga pul tikishni yaxshi ko‘radilar. Bunday pul tikuvchilarning mantig’i juda ham oddiy: ular qolgan vaqt davomida hech narsa sodir bo‘lmaydi, deb taxmin qilishadi. Ammo bu xulosa, tushunarli bo‘lsa-da, lekin baribir juda xavfli va ko‘pincha asossizdir. Ko‘pgina jamoalar o‘yin oxirida oldinga intilishadi, yutish yoki o‘yinni tenglashtirish yo‘llarini qidirishadi. Va ba’zilari so‘nggi daqiqalarda tom ma’noda buning uddasidan chiqishadi.

O‘yin davomidagi pul tikishlar juda qiziqarli. Lekin ular boshqa sport musobaqasi natijasiga pul tikishlar kabi emas. Bu yerda his-tuyg’ular, pul tikuvchini jalb qiladigan qizg’inlik ancha katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun hamma narsani diqqat bilan hisoblash juda muhimdir. His-tuyg’ularni nazorat qilish jiddiy xatolarning oldini oladi va pul tikishdan haqiqiy zavq olish imkonini beradi. Lekin buning uchun siz live (jonli) tarzda sport musobaqasi natijasiga pul tikishning o‘ziga xos xususiyati nimada ekanligini, ular boshqalardan qanday farq qilishini yaxshi tushunishingiz kerak. Bunday pul tikishlar haqida qanchalik ko‘p bilsangiz, shuncha yaxshi bo‘ladi.

Live (jonli) tarzda pul tikishlarning asosiy strategiyalari

Live (jonli) tarzda pul tikishlarning yutish imkoniyatini oshirish yoki hech bo‘lmaganda juda ko‘p miqdorda pul yutqizmaslik imkonini beruvchi bir qator strategiyalari mavjud. Ular juda ko‘p, sportning har bir turida sezilar sezilmas farqlari bor. Shuning uchun, yaqollik uchun quyida bularning faqat eng asosiylari beriladi.

Oyin tugashiga 10-15 daqiqa qolganidagi kech golga pul tikish

Quyidagi shartlarda hisob kichik bo‘lganida (aytaylik, 1:1) kech golga pul tikishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • Hisobdagi farq 2 to‘goldan ko’p emas.
  • O‘yin jamoalar uchun yetarlicha muhim.
  • Murabbiylar hujumkor o‘yinchilarni yaqinda maydonga olib chiqarishdi.
  • Jamoalar ikkinchi bo‘limda bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi.
  • Futbol klublari bukmekerlik idoralari tomonidan kutilgan gollar sonini hali ura olishmadi.

Favorit yutqazganini qaytarib yutib olishiga (tenglashtirishga) pul tikish strategiyasi

Favoritlar har doim ham o‘yinni muvaffaqiyatli boshlashmaydi. Ba’zida ular o‘yinda ustunlikni qo‘ldan boy berishadi, shundan keyin ular o‘zlarini yutqazganini qaytarib yutib olishga majbur bo‘lishadi. Lekin bu vaqtinchalik holat ekanligini esda tutish kerak. Ko‘pincha favoritlar yetarli kuch zaxirasi ajralib turadi. Ya’ni, ular yutqazganini qaytarib yutib olishlari mumkin. Ammo ba’zi nuanslar mavjud:

  1. İndividual sport turlarida favoritga bunday live (jonli) tarzda pul tikishlar joiz bo‘ladi qachonki u jarohat olmagan bo‘lsa yoki bunga shubha qilish uchun asos bo‘lmasa.
  2. Futbolda jamoa to‘liq tarkibda o‘ynayaptimi, o‘yindan chiqarishlar bo‘lmaganmi, liderning jiddiy jarohatlari, qandaydir to‘satdan stressi bo‘lmaganmi shunlarni hisobga olish kerak. Ya’ni, hatto favorit ham izdan chiqarilishi mumkinligini tushunishingiz kerak. Shuning uchun bunday jihatlarni o‘z vaqtida kuzatib borish va ularni oldini olish juda muhimdir.

Sariq kartochkalar uchun live (jonli) tarzda pul tikish strategiyasi

Strategiyaning o‘zining ma’nosi juda oddiy. Xususan, siz sariq kartochkalar bo‘yicha total koeffitsientlarining 4,5 yoki hatto 5,5 bo‘lib o‘sishini kuzatishingiz mumkin. Yutuq quyidagi hollarda bo‘lishi mumkin:

  • Jamoalar qo‘pol o‘ynashlari bilan mashhur.
  • Lekin shu bilan birga, futbol klublari o‘z xatti-harakatlari ustida ishlashda davom etadilar, o‘zlarini tiyishga intiladilar.
  • O‘yindagi farq 1 goldan ko‘p emas.
  • O‘yin u yoki bu sabablarga ko‘ra ikkala jamoa uchun ham muhim.
  • Bosh hakam ikkinchi taym (bo‘lim) boshida o‘yinchilarni bir necha bor og’zaki ogohlantirgan.

Ko‘pincha qoidabuzarliklar bo‘yicha o‘zini tiyishga harakat qiladigan jamoalar bor. Lekin ular jiddiy mojarolarga olib keladigan portlovchi temperamentga ega bo‘lishi mumkin.

Futbolda burchak topini uzatishga pul tikish strategiyasi

Asosiy vaqt tugashiga taxminan 20 yoki 25 daqiqa qolganida, mezbonlar o‘yinda yana kamida 3 ta burchak to‘pini amalga oshirishiga pul tikishingiz mumkin. Misol uchun, agar burchak to‘plaridagi hisob 3:2 darajasida bo‘lsa, siz mezbonlarning totaliga (umumiy soni) 5,5 ga pul tikishingiz mumkin.

Agar quyidagi shartlar bajarilsa, siz sport musobaqasi natijasiga pul tikish mumkin:

  1. Mehmonlar hujum qilishni to‘xtatdilar.
  2. Mezbonlar hisob bo‘yicha yutayotgani yo‘q.
  3. Mehmonlar murabbiyi hujumkor o‘yinchilarni allaqachon himoyada yaxshi o‘ynaydiganlari bilan almashtirgan.
  4. Mezbonlarning qanot o‘yinchilari ko‘p yuqoridan to‘p uzatishmoqda va kuchli past uzatmalarni amalga oshirmoqdalar.
  5. Bukmekerlar uchrashuvning favoriti deb aynan mezbonlarni hisoblashgandi.

Basketbolda choraklar bo’yicha live (jonli) tarzda pul tikish strategiyasi

Bu juda oddiy strategiya:

  1. O‘yinning birinchi choragida autsayderning g’alaba qozonishiga pul tikishingiz mumkin.
  2. Mag’lubiyatga uchraganda, keyingi choraklarda unga tikishni davom eting, birinchi g’alabaga qadar pul tikish miqdorini ikki baravar oshiring.
  3. Keyinchalik ushbu strategiya bo‘yicha keyingi uchrashuv paytida pul tikish mumkin.

Juda katta miqdordagi pulni ortiqcha tavakkal qilmaslik uchun birinchi navbatda o‘yin bankini tushunib olishingiz kerak. Xususan, siz tikishingiz mumkin bo‘lgan umumiy summaning 1-2 foizi miqdorida pul tikishingiz kerak.

Live (jonli) tarzda pul tikish strategiyalari: Majburiy sug’urta

Aslida, buni ham strategiya deb atash mumkin va ma’lum darajada universal strategiya deb, chunki u har qanday sport turiga mos keladi. Ko’pgina bukmekerlar o‘yin davomida tikilgan pulni sug’urtalashni taklif qilishadi. Ushbu optsiyadan foydalanasizmi yoki yo‘qmi bu sizning ishingiz. Lekin to‘g’ri sug’urta jiddiy xatolardan qochishga yordam berishini hisobga olish kerak.

Vilka strategiyasi bo’yicha live (jonli) tarzda pul tikishlar

Avval vilka nima ekanligini aniqlashtirib olish kerak. Aslida, bukmekerlik idoralarida ikki xil natija haqida gap ketmoqda. Xususan:

  • Bitta bukmekerlik idorasida bir jamoaning g’alabasiga pul tikishlari mumkin.
  • Boshqa bukmekerlik idorasida raqibning g’alabasiga pul tikish mumkin.

Bu pul tikishlar orasidagi farq tez-tez yutish va hatto tikilgan pul miqdorini qoplash imkonini beradi. To‘g’risini aytsak, faqat ma’lum koeffitsientlarda. Bundan tashqari, vilka strategiyasi bo’yicha pul tikishning naf keltiradigan ko‘rsatkichlari tezda ketishini tushunishingiz kerak. Shuning uchun bunday vaziyatda Internetning yuqori tezligi yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Va buni hisobga olish kerak.

Bundan tashqari, unutmangki, ko‘’plab bukmekerlik idoralari qoidalarda vilkalardan foydalanishni to‘g’ridan-to‘g’ri taqiqlaydi. Shuning uchun, agar pul tikuvchi bunday qoidabuzarlikda qo‘lga tushsa, u holda uning tikkan puli o‘ynamaydi. Eng yaxshi holatda, bukmekerlik idorasi unga pulini 1 koeffitsient bilan qaytaradi xolos. Lekin ko‘pgina bukmekerlik idoralari, qoidabuzarliklar aniqlanganda, izohsiz pulni olish va hisobingizni bloklash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Shuning uchun ehtiyot bo‘lish kerak.

Live (jonli) tarzda pul tikishning yaxshi va yomon tomonlari

Sport musobaqasi natijasiga live (jonli) tarzda pul tikish strategiyasining ham yaxshi, ham yomon tomonlari bor. Keling, ularni aniqlashtirib olaylik.

Afzalliklariga quyidagilar kiradi:

  • Ko‘pincha, live (jonli) tarzda pul tikish yaxshi yutuq olish imkonini beradi. Buning uchun o‘yin davomida jiddiy ravishda sakrashi mumkin bo‘lgan koeffitsientlarni diqqat bilan kuzatib borish kerak.
  • Agar muz maydonida yoki maydonda sodir bo’layotgan voqealarni diqqat bilan tahlil qilishni o’rgansangiz, yutib olish ehtimoli ortadi.
  • Sport musobaqasi natijasiga bunday pul tikishlar pul tikuvchiga pul tikish ishida juda foydali tajriba olish imkonini beradi. Aslida, siz sharhlar va boshqa odamlarning fikrlariga tayanishdan ko‘ra jamoalar o‘rtasida sodir bo‘layotgan hamma narsani mustaqil ravishda tahlil qilishni boshlaysiz.
  • O‘yin davomida pul tikish ko‘p zavq keltiradi. Ular sodir bo‘layotgan voqealarning ichiga ko‘proq kirishga undaydi.
  • Bunday pul tikishlar, shuningdek, vilkalarni hisobga olganda pul tikish uchun ham ideal tarzda mos keladi. Ya’ni, siz turli bukmekerlik idoralarida tinchgina pul tikishingiz mumkin. Qo‘lga tushish xavfi kamayadi. Lekin bu qoidalarni buzish uchun sabab emasligini unutmang.

Ko‘rib turganingizdek, afzalliklari talaygina. Lekin bunday pul tikishlarning ham tuzoqlari mavjud. Yomon tomonlariga quyidagilar kiradi:

  • Liniyaning cheklanganligi. Bukmekerlik idoralarining aksariyati o‘yin boshlanganidan keyin o‘yinchilarga faqat ma’lum turdagi pul tikishlarni amalga oshirishga ruxsat beradi. Ya’ni, liniya albatta torayadi. Ba’zi sport turlarida live (jonli) tarzda pul tikishlar umuman 1-2 variant bilan cheklangan. Misol uchun, kiberfutbolda bu natijaga va totalga pul tikishdir.
  • Yutqizish xavfinin yuqoriligi. Bu pul tikuvchining maydonda sodir bo‘layotgan voqealarga chalg’ishi ancha oson, liniyalar va statistikani diqqat bilan kuzatishni to‘xtatishi oson bo‘lishi bilan bog’liq. Natijada, o‘ylamasdan pul tikish xavfi qo‘shimcha ravishda ortadi.
  • Aloqa bilan bog’liq muammolar yutqazishga olib kelishi mumkin. O‘yin davomida pul tikishlar uchun sizda internet tezligi juda yaxshi bo‘lishi kerak. Hammasi bir necha daqiqaga muzlab qolishi kifoya va siz foyda kaltiradigan koeffitsientda pul tikishga ulgurmaslik xavfini tug’dirasiz. Ba’zi o‘yinchilar shundan keyin asabiylashishni boshlaydi va pul tikadilar, lekin endi xavf yuqori bo‘lgan tarzda. Natijada, yutqizish tabiiy oqibatga aylanadi.

Live (jonli) tarzda pul tikish bukmekerlik idoralarida o‘yinchilar orasida juda mashhur. Ular ma’lum bir sport musobaqasiga garovni yutib olish juda oson bo‘ladi, degan noto‘g’ri taassurot qoldiradi. Axir, agar pul tikuvchi o‘yinning boshlanishini, ba’zan esa uning o‘rtasini ko‘rsa, o‘yin oxirini oldindan aytish juda oson bo‘ladi. Lekin bu ko‘pincha bunday emas. Shuning uchun, agar siz live (jonli) tarzda pul tikishni yoqtirsangiz, birinchi taassurotga berilmasligingiz kerak. Va hamma narsani obdon tahlil qilish kerak. Shunda yutish ehtimoli ortadi.