Stol tennisiga pul tikish

Stol tennisi – bu ko’plab muxlislar uchun qiziqarli o’yin. Va u tobora ommabop sport turiga aylanib bormoqda. Shuning uchun, bukmekerlik idoralarida stol tennisiga pul tikish tobora ko’p uchramoqda. Uning o’zi juda dinamik o’yin bo’lib, har bir o’yin 20 daqiqadan bir soatdan sal ko’proq vaqtgacha davom etishi mumkin. Shu bilan birga, o’yindagi umumiy vaziyat bir necha daqiqada o’zgarishi mumkin. Hatto 5-6 ochkolik handikapda (teng bo’lmagan sharoitlarda) ham yutqazganni yutish (tenglashtirish) qiyin emas. Stol tennisi oldindan aytib bo’lmaydiganligi uchun yaxshi, shuning uchun ko’plab pul tikuvchilar uni yaxshi ko’radilar.

Lekin bu ko’pchilik uchun manzur bo’lgan o’yin davomida amalga oshiriladigan pul tikishlar tennisda juda xavfli va oldindan aytib bo’lmaydigan bo’lishi mumkinligini anglatadi. Shuning uchun, avvalambor, nima bo’layotganini, qanday aniq variantlaringiz borligini yaxshilab tushunish yaxshiroqdir.

Stol tennisiga pul tikishning turlari

Stol tennisiga pul tikishning bir nechta turlari mavjud. Lekin oziga xoslari deyarli yo’q, ya’ni hamma narsa juda standartdir. Stol tennisiga pul tikishning asosiy turlari quyida keltirilgan, ya’ni sizda qanday variantlar borligini osongina tushunib olishingiz mumkin.

O’yin natijasiga pul tikish

Aslida, stol tennisi uchun klassik pul tikish bu o’yin natijasiga pul tikishdir. Shuni ta’kidlash kerakki, bu sportning bu turida durang bo’lmaydi, shuning uchun bukmekerlar faqat birinchi yoki ikkinchi o’yinchining g’alabasiga pul tikishni taklif qilishadi. Ko’pincha, liniyada (qatorda) bunday pul tikishlar raqamlar bilan (mos ravishda 1 yoki 2) aks ettiriladi. Shuningdek bu harflar ham bo’lishi mumkin – P1 yoki P2.

Durang bo’lishi mumkin emasligi sababli, ikki baravar imkoniyatga pul tikish sxemasi bu yerda amalga oshirilmaydi. Shunday qilib, pul tikishning turlari masalan futbolga qaraganda kamroqdir.

Lekin o’yin natijasiga pul tikishning o’ziga xos turlari bor. Xususan, ba’zi bukmekerlar butun o’yinning emas, balki ma’lum bir partiyasining natijasiga pul tikishni taklif qilishadi. Butun turnir natijasiga yoki kim finalga chiqishiga, kim turnirning ma’lum bir qismiga yetib borishiga pul tikish mumkin. Ya’ni, variant aslida juda ko’p.

Foraga pul tikish

Stol tennisida bir-biriga nisbatan turli darajada bo’lgan raqiblar osongina uchrashishlari mumkin. Ularning imkoniyatlarini tenglashtirish uchun pul tikihs maqsadida foralar (ustunliklar) qo’llaniladi. Umuman olganda, aynan shu sport turida ular ko’p uchraydi. Bunday pul tikishlardagi  3 ta yondashuvni ko’rib chiqish kerak:

  1. Partiyalar bo’yicha fora. Ya’ni, aslida siz partiyalarning ma’lum bir seriyasining natijasini aniqlashga harakat qilishingiz va autsayder uchun forani hisobga olgan holda pul tikishingiz mumkin.
  2. To’plangan ochkolar bo’yicha fora. Aslida shunga o’xshash, faqat bu holatda, stol tennisida asosiy urg’u kim aniq g’alaba qozonganiga emas, balki ochkolarga qaratiladi.
  3. Muayyan partiyadagi fora. Bu yerda biz bir nechta partiya haqida emas, balki bir partiya haqida gap ketmoqda.

Uchrashuv forasiga tikilgan garovning o’ynashi uchun, avvalo, o’yin umumiy bolib qancha setga hisoblanganligini tushunishingiz kerak. Stol tennisida o’yinlar 5 yoki 7 settan iborat bo’lishi mumkin. Bu esa turnir reglamenti qanday tuzilganiga qarab partiyalarga ko’ra 3 yoki 4 ta g’alaba deganini anglatadi. Demak fora maksimal 3,5 gacha bo’lishi mumkin.

Shuningdek to’plangan ochkolar bo’yicha fora masalasiga e’tibor berish juda muhimdir. Odatda bunday fora standart olaroq partiyalar bo’yicha foralardan kattaroq bo’ladi. Lekin faqat foraning o’lchamini hisobga olmaslik kerak. Pul tikishni tanlashda e’tibor berilsa yaxshi bo’lardi. Agar siz ma’lum bir partiyaga stol tennisida pul tikishga qaror qilsangiz, bu holatda fora ochkolar bilan hisoblanishiga e’tibor bering.

Bunday pul tikishni qanday amalga oshirish kerak? Bu savol ko’plab pul tikuvchilarni tez-tez qiziqtiradi. Agar siz stol tennisida to’plangan ochkolarga ko’ra pul tikishni istasangiz, uchrashuvning asosiy liniyasini tanlashingiz mumkin.

Totallarga pul tikishlar

Stol tennisiga pul tikishning bu turi ham tez-tez uchraydi. Gap totallar haqida ketmoqda. Sport musobaqasi natijasiga pul tikishning ushbu turining o’ziga xos modifikatsiyalai bor

  • Partiyalarning umumiy totali. Bu partiyalarning umumiy soniga tikiladi.
  • O’yinchilarning o’yinda to’plagan ochkolarining umumiy totali. Buning uchun siz sportchilarning o’zini qanchalik faol tutishini bilishingiz kerak.
  • Shaxsiy totallar yoki boshqa ko’rsatkichlarga pul tikishlar. Odatda ochkolarga pul tikish haqida gap ketadi.
  • Konkret olingan partiyadagi ochkolar totali.

Birinchi navbatda, o’yinchi stol tennisida totalga pul tikishni amalga oshirganida, turnir yoki o’yinda qancha set yoki partiya e’lon qilinganligini aniqlab olishi kerak. Buning uchun o’yin haqidagi ma’lumotlarni o’rganish kerak.

Muhim: agar individual totalga pul tikishni topish qiyin bo’lsa, odatda ro’yxatdagi umumiy totallar bilan pul tikishlarni ko’rib chiqish kifoya. Odatda birinchi holatda garov o’sish bosqichi umumiy totalga nisbatan kamroq bo’ladi.

Pul tikishning qo’shimcha turlari

Yuqorida totallarning asosiy turlari keltirilgan. Lekin yana qo’shimchalarini topish mumkin. Ular odatda yakuniy natijalarga asoslanadi:

  • Setlar boyicha aniq hisob. Agar siz hisobni topishingizga ishonchingiz komil bo’lsa, unda siz bunday pul tikishning foydasiga tanlov qilishingiz mumkin.
  • G’alaba qozonilgan o’yinlar yoki setlarning aniq soni. G’alaba qozonilgan partiya yoki setlarning aniq soni. Yutilganlarni o’rniga shunchaki o’ynalganlarga pul tikish mumkin. Bu ham bukmekerlar tomonidan ko’pincha qabul qilinadi.
  • O’ynalgan setlarning toq yoki juft soni. Pul tikishning juda mashhur turi. Oldingi variantlarga qaraganda kamroq xavfli.
  • Birinchi setda kim g’alaba qozonadi va o’yinda kim g’alaba qozonadi. Bu pul tikishlar bog’liq bo’lishi mumkin.

Stol tennisida match (o’yin) ko’pincha 5 yoki undan ortiq partiyadan iborat bo’ladi. Va pul tikishni rasmiylashtirayotganda bu yerda, ushbu sport turi uchun umuman xos bo’lgan barcha xususiyatlarni hisobga olish kerak bo’ladi. Misol uchun, bukmekerlar birinchi 2 partiyadan so’ng o’yin natijasiga pul tikishni taklif qilishadi. Ya’ni, o’yin davomida, lekin o’ziga xos xususiyatlarga ega tarzda. O’yinchilar ko’pincha muayyan variantlardan birini tanlashlari ham mumkin. Bu gaysidir ma’noda totalizatorning qisqartirilgan variantiga o’xshaydi, garchi sof shaklida bo’lmasa ham va qoidalar boshqacha. Buning ustiga Rossiyada totalizatorlar rasman taqiqlanganligini unutmang.

O’yin davomida tennisga pul tikish

Stol tennisi – bu live (jonli) tarzda pul tikishlar uchun juda qiziqarli o’yin turi. Xususan, bu yerda birinchi ochkoni o’ynash uchun bir necha daqiqa, ba’zan esa bir necha o’n soniya yetarli. Vaziyat oldindan aytib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi mumkin va bu o’yinchining umumiy holatiga uning kayfiyatiga va o’yin boshlanishidan oldin o’rganilishi kerak bo’lgan boshqa ko’rsatkichlarga

juda bog’liq.

Bundan tashqari, bu o’yin juda yuqori tezlik va dinamikaga ega. Shunga ko’ra, o’yin davomida pul tikish foydali bo’lishi mumkin, chunki koeffitsientlar qayta-qayta o’zgarib turadi. Lekin buning uchun o’yinni kuzatib borish va koeffitsientlardagi o’zgarishlarni nazorat qilish kerak. Shunday qilib, avval stol tennisida pul tikish strategiyalarini tushunib olish kerak.

Stol tennisiga pul tikish strategiyalari

Quyida stol tennisiga pul tikishning asosiy strategiyalari keltirilgan. Ularning qisqacha ro’yxati nimaga pul tikish yaxshiroq ekanligini aniqlashga sizga yordam beradi. E’tibor bering, hamma narsani qo’llash shart emas. Asosiysi – tusgunish kerak.

Past kelayotgan tennischiga setda yutishiga pul tikish

Avval o’yindan oldingi tahlillarni o’tkazish kerak. Agar raqiblar teng bo’lsa, lekin o’yinchilardan biri birinchi ikki setda g’alaba qozongan bo’lsa, raqibining g’alaba qozonishiga pul tikishda ma’no bor. Pul tikish miqdorini shunday hisoblash kerakki, agar yutqazish ro’y bersa, to’rtinchi setda dogon (yetib olish) printsipiga ko’ra yana yutqazganni yutish (tenglashtirish) mumkin bo’ladi. 7 partiyadan iborat bo’lgan matchlarda (o’yinlarda) teng kuchga ega bo’lgan raqiblar o’rtasidagi o’zaro olishuvida kimdir barcha partiyalarda g’alaba qozonishi juda kamdan-kam hollarda bo’ladi. Shunday qilib, yutqazganni yutish (tenglashtirish) ehtimoli yuqori.

Yutqazayotgan favoritga pul tikish

Umuman olganda, pul tikish mantig’i bu yerda o’xshash bo’ladi. Avval tahlil o’tkazish, eng kuchlisini aniqlash, undan keyin esa nima bo’layotganini kuzatish kerak. Va agar favorit birinchi setda mag’lub bo’lsa, ikkinchisida yutishiga pul tikish mumkin bo’ladi. Shunga qaramay, koeffitsientlar va summalarini ushlas dogon (yetib olish) usuliga ko’ra tanlash kerak.

Teng raqiblar uchrashganda juft totalga pul tikish

Stol tennisida 11 ochkogacha o’ynalishini esda tuting. Shunday qilib, setda juft totalning ehtimoli boshqa ko’plab sport turlariga qaraganda bir oz yuqori bo’ladi. Shunday qilib, teng raqiblar uchrashganda, setda juft total uchun dogonga pul tikish orqali o’z pozitsiyangizni yanada mustahkamlashingiz mumkin. Lekin bu kuchliroq va yaqqol kuchsizroq sportchi o’rtasidagi o’zaro olishuviga taalluqli emas.

Total ve fora uchun strategiya

Strategiyalarning ushbu variantlarindan ham o‘yindan oldingi pul tikishlarni tahlil qilish, ham live (jonli) tarzda pul tikish uchun foydalanish mumkin. Xususan, agar setlarning aniq sonini taxmin qilish muammoli bo’lsa, lekin ikkala o’yinchining ham xohishi qat’iy va uchrashuv ular uchun juda muhim bo’lsa, foraga pul tikish ma’noga ega bo’ladi. Ammo umuman olganda, darajaga ko’ra ular orasidagi farq unchalik katta emas. Muayyan bir forani tanlash prognozlar va koeffitsientlarga ham bog’liq. Agar siz bunday pul tikishni o’yin davomida amalga oshirsangiz, unda kutilgan natija va reallik birikmasini hisobga olish kerak.

Totallar pul tikishlarga kelsak, bu holda ham o’yindan oldingi (pre-match) formatda, ham live (jonli) tarzda pul tikishingiz mumkin. Lekin har qanday holatda ham, dastlabki tahlillarsiz uddalay olish mumkin emas. Va bir nechta nyuanslarni yodda tuting:

  1. Favorit birinchi setlarni o’tkazib yuborgan bo’lsa, u yutqazganni yutishga (tenglashtirishga) intiladi. Demak, o’ynalgan ochkolar soni keskin ortadi.
  2. Uzoq tanaffusdan so’ng, totalda eng yuqori raqamdan ham yuqori chiqish mumkin. Ayniqsa, agar o’yinchilar juda agressiv o’ynashga odatlangan bo’lsa.
  3. Revansh jangi haqida gap ketganda sportchilarning faolligi oshadi.

Nima bo’lganda ham, forali yoki totalga pul tikishdan oldin, siz albatta aniq bir sportchining o’yin uslubini o’rganishingiz kerak.

Stol tennisida o’yindan oldingi tahlil

O’yin oldidan malakali tahlil pul tikish uchun katta ahamiyatga ega. Siz quyidagilarga e’tibor berishingiz kerak:

  • Reyting. Bu sizga u yoki bu sportchining qanchalik kuchli ekanligini tushunish imkonini beradi. Reytingni tuzishda ko’plab ko’rsatkichlar, jumladan, yutqazishlar, g’alabalar soni, u yoki bu turnirlarning yakunlash natijalari, mavsum uchun maksimal ko’rsatkich va boshqalar hisobga olinganligini unutmang. Shunday qilib, reytingga murojaat qilib, siz shunchaki vaqtingizni tejang.
  • Ma’lum raqiblarning uchrashuvlari natijalari. Stol tennisida yangi boshlanuvchilar kam va ular juda kam uchraydi. Qoidaga ko’ra, o’yinchilar odatda bir-birlari bilan uchrashishgan. Ba’zi raqiblar esa o’tgan o’yinlardan bir-birlarini yaxshi bilishadi. Shuning uchun bu statistikani tekshirish kerak.
  • Ikkala o’yinchining oxirgi o’yinlarinin ko’rsatkichlari. Buning yordamida siz sportchining tayorligi pasayib borayotganini yoki ko’tarilayotganini, ma’lum bir sportchi tez-tez tanaffus qilishga odatlanganmi yoki yo’qligini, qanchalik agressiv o’ynashini tushunishingiz mumkin. Agar siz bunday o’yinlarni tahlil qilishda katta tajribaga ega bo’lsangiz, maydonda nima sodir bo’layotganini tushunasiz, hatto ma’lum raqiblar bir-biri uchun qanchalik qulay ekanligini tushunib olishingiz mumkin.

Bu stol tennisida albatta o’tkazilishi kerak bo’lgan o’yin oldi asosiy tahlil. Bu sizga aslida kim favorit ekanligini, sportchilar o’rtasida qandaydir farq bormi, oralaridagi uzoqlashish qanchalik katta va hokazolarni tushunish imkonini beradi. Ya’ni, bunday tahlil aniq nimaga tayanish mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Yuqoridagi ma’lumotlar bukmekerlar tomonidan liniyalar tuzishda ham qo’llanilishini unutmang. Shunday qilib, siz ular bilan bir xil vaziyatda bo’lasiz. Va agar bu ma’lumot odatda asosiy taqsimlanishni tushunish  uchun bukmekerlik idorasiga yetarli bo’lsa, o’yinchi uchun yetarli bo’ladi.

Stol tennisi – juda qiziqarli va dinamik o’yin. Bu o’yin, zalda ko’p sonli muxlislar bo’lishini nazarda tutmaydi, shu sababli u koronavirusdan minimal darajada zarar ko’rdi. Demak, xokkey Federatsiyasi 2022 yilda Kontinental xokkey ligasini bekor qilayotganida, boshqa muhim sport tadbirlari qoldirilayotganda, siz e’tiboringizni shunchaki stol tennisiga pul tikishga o’zgartirishingiz mumkin. Axir mintaqaviy turnirlar bu yerda tez-tez o’tkaziladi, shuning uchun pul tikishga har doim sabab topish mumkin.

Lekin buning uchun, xatoga yo’l qo’ymaslik va barcha mumkin bo’lgan xavflarni minimal darajaga tushirish uchun birinchi navbatda bunday pul tikishni qanday amalga o’tkazish kerakligini tushunib olish kerak. Va yuqorida aytilganlarga asoslangan holda buni qilish unchalik qiyin emas. Faqatgina ma’lum bir strategiyaga rioya qilish, o’yin boshlanishidan oldin ma’lumotlarni to’plash va uni tahlil qilish kerak. Ya’ni, tavsiyalar, stol tennisining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, umuman boshqa sport turlari bilan bir xil.