Sport musobaqasi natijasiga pul tikishlarda ikki baravar imkoniyat nima

Ko’pgina pul tikuvchilar pul tikishda ikki baravar imkoniyatni (yoki x1) afzal ko’radilar, chunki garov o’ynashning bu formati, bir tomondan juda sodda va tushunarli, ikkinchi tomondan esa ishonchli. Bunday holda xavf kamayadi. Pul tikishning bu varianti turli sport turlari bo’yicha juda talabga ega. Bu futbolga nisbatan ayniqsa dolzarbdir, garchi uni basketbol, voleybol, xokkey va boshqalarga nisbatan ham qo’llash mumkin.

Sport musobaqasi natijasiga pul tikishlarda ikki baravar imkoniyat nima

Birinchi navbatda pul tikishlarda ikki baravar imkoniyat nima ekanligini, uni liniyada (qatorda) qanday topish mumkinligini tusshinib olish kerak. Bu masalani umumiy tushunish uchun juda muhimdir.

Ikki baravar imkoniyat – bu pul tikish turi bo’lib, u natija bo’yicha uchta variantdan ikkitasiga pul tikish imkoniyatini o’z ichiga oladi. Uni liniyada (qatorda) belgi bo’yicha topish mumkin:

  1. X1 yoki 1X. Ba’zan shunchaki 1 raqamini ko’rish mumkin. Belgilanish og’zaki ravishda ham bo’ladi. Misol uchun, ba’zi bukmekerlar bunday garovni «1-jamoa yutqazmaydi» deb nomlashi mumkin. Aslida, agar birinchi jamoa g’alaba qozonsa yoki durang bo’lsa yutuq bo’ladi. Prognozlarda ko’pincha mezbonlar hech bo’lmaganda yutqazmasliklari kerakligi aytiladi. Agar siz shunday xulosalarni topgan bo’lsangiz, bu X1 garovi juda tabiiy bo’lishini anglatadi. Gap shundaki, mezbonlar odatda birinchi jamoa deb ataladi.
  2. X2 yoki 2X. Ko’pchilik bukmekerlik idoralaridagi liniyalarda ikki baravar imkoniyatga pul tikishni aynan shu belgi ostida ko’rish mumkin. Ba’zida bukmekerlik idoralari uni «2-jamoa yutqazmaydi» deb ham ataydi. Aslida, bu yerda hamma narsa oldingi variantga juda yaqin, ammo farq shundaki, ikkinchi jamoa g’alaba qozonishi kerak. Yoki hech bo’lmaganda durang bo’lishi kerak.
  3. İkki baravar imkoniyat 12. Ba’zan bu garov oddiygina raqamlar bilan ko’rsatiladi. Lekin uni «jamoalardan birining g’alabasi» deb ham atashlari mumkin. Ya’ni, bu holatda durang bo’lsa, o’yinchi pullarini yo’qotadi. Ammo agar jamoalardan biri g’alaba qozonsa, qaysi biri haqida gapirayotganimizdan qat’i nazar, uning tikkan puli o’ynaydi.

Pul tikishlar nima ekanligini tushuntirish uchun hamma narsani misollar bilan ko’rsatish kerak. faraz qilaylik, Italiya va Ispaniya terma jamoalari uchrashadi. Agar Italiya g’olib bo’lsa, 1X garovi yutadi. O’yin natijalariga ko’ra jamoalar o’rtasida durang qayd etilsa ham o’yinchi yutuqni oladi.

2X garovi g’alaba qozonishi uchun ushbu shartli o’yinda Ispaniya g’alaba qozonishi kerak. Durang ham natija beradi. Ammo Italiyaning g’alabasi o’yinchining pul yo’qotishini bildiradi. Va nihoyat, agar garov 12 tanlansa, g’alaba qozonish uchun Italiya yoki Ispaniya g’olib bo’lishi kerak. Asosiysi, natija durang bo’lmasligi kerak.

Fora/ustunlik (0) ikki baravar imkoniyatga pul tikishdan nima bilan farq qiladi?

Yangi pul tikuvchilar ko’pincha forani/ustunlikni (0) yoki nollik formani ikki baravar imkoniyatga pul tikishdan ajrata olmaydi. Aslida, bu holatda eng katta farq, agar natija durang bo’lsa, forali/ustunlik berilgen garovda pulni qaytarish nazarda tutiladi. Va agar ma’lum bir garov o’ynasa g’alabani nazarda tutadi. Ammo ikki baravar imkoniyatda esa umuman olganda pullarni qaytarish nazarda tutilmaydi. Ya’ni, garov yoki g’alaba qozonishi yoki yutqazishi mumkin, uchinchisi mumkin emas. Koeffitsientlar nuqtai nazaridan, forali (0) bo’lgan garov odatda foydaliroqdir.

Farqni misolda ko’rsatish osonroq. Faraz qilaylik, «Dinamo» (Moskva) – «Spartak» o‘yini bo‘lmoqda. Pul tikuvchi 1X garovi g’alaba qozonishiga ishonchi bor. Ya’ni, birinchi jamoa g’alaba qozonadi yoki durang bo’ladi. Va u 1,2 koeffitsient bilan bunday garovni tikishi mumkin. Lekin yana boshqa variant bor – birinchi jamoaga fora/ustunlik (0) va 1,4 koeffitsienti bilan tikish.

Agar Moskva jamoasi g’alaba qozonsa, ikkala garov ham yutadi. Va yuqori koeffitsientlar tufayli forali variant yanada foydali bo’ladi. Ya’ni, bu holatda, hamma narsa juda oddiy. Ammo, agar durang bo’lsa, bunday garovlarning oqibatlari farqli bo’ladi:

  • İkki baravar imkoniyatga tikilgan pullar durang natijada ham baribir yutadi. Shunday qilib, siz «Dinamo» g’alaba qozongani kabi xuddi shu shartlarda pul olasiz.
  • Agar siz nol forali garov tikkan bo’lsangiz, bu holda, agar natija durang bo’lsa, sizga tikilgan pullar summasini o’zi qaytariladi xolos. Siz bundan ortiq hech narsa olmaysiz.

Shunday qilib, forali garov ancha xavflidir, ammo ma’lum bir natijada siz umuman hech narsa ishlamaslik ehtimoli bor. Nimaga ko’proq umid borligiga asoslanib, qanday pul tikish kerakligini aniqlab olishingiz kerak. Ya’ni, vaziyatni doimiy ravishda tahlil qilish kerak.

İkki baravar imkoniyatning yaxshi va yomon tomonlari

Ikki baravar imkoniyatga pul tikishning ham afzalliklari, ham kamchiliklari bor. Butun vaziyatni ko’rish va shu tarzda pul tikish mantiqiy yoki yo’qligini tushunish uchun ham unisini ham bunisini tushunib olish kerak.

Ikki baravar imkoniyatga pul tikishning afzalliklari:

  • Bu juda oddiy variant. Ya’ni, bunday pul tikishni qanday amalga oshirish tushunib olish qiyin emas.
  • Bunday pul tikish ma’lum darajaga qadar universaldir. Unga murojaat qilish uchun sport turi 3 ta natija – bir jamoaning yoki raqibning, ikkinchisining g’alabasi yoki durang bo’lishi mumkinligini ko’zda tutsa kifoya. Ya’ni futbolda, gandbolda, basketbolda, xokkeyda bunday garov tikish mumkin. Lekin  individual sport turlari ham ko’pincha mos keladi. Masalan, yakkama-yakka olishuvlar, bu erda durang kam uchraydi, lekin baribir ehtimoli bor.
  • Ikki baravar imkoniyat kibersportda ham keng qo’llaniladi. Masalan, kiber futbolda.
  • Raqiblar taxminan teng bo’lsa, aniq favorit bo’lmasa, bu juda qulay garov. Shuningdek, uni bir jamoa boshqasidan odatda mavsumda va umuman olganda kuchliroq bo’lganda, ammo hozir, to’satdan, jarohat tufayli, u yetakchisini yo’qotib qo’yganida, yomon formada bo’lganida yoki juda kuchli raqib bilan uchrashuvdan keyin tom ma’noda toliqqanida foydalanish tavsiya etiladi. Ammo an’anaviy autsayder dam olgan va kuch-quvvatga to’lgan bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda favoritning mag’lub bo’lish imkoniyati hali unchalik katta emas, ammo durang ehtimolini ham inkor etib bo’lmaydi.
  • Ikki baravar imkoniyatlar – xavfni kamaytirishni xohlaydigan vaziyatda, nimani tanlash kerakligi aniq bo’lmaganida yaxshi yechim,. Ya’ni, omillar juda ko’p bo’lsa, prognoz qilish qiyin. Bunday holda, pul yo’qotish ehtimolini kamaytirish uchun aynan ushbu variantda to’xtatish mumkin.

Ikki baravar imkoniyatli garovning asosiy afzalligi xavflarni kamaytirishdadir. Ya’ni, pul tikish niyatida bo’lganingizda bunday pul tikish variantini tanlash oqilona, lekin nimaga e’tibor qaratish kerakligi aniq emas.

Kamchiliklardan quyidagilarni ta’kidlash mumkin:

  • Past koeffitsient. Bu ushbu garovning asosiy kamchiligi. Ya’ni, siz ko’p narsa ololmaysiz. Shuning uchun bunday garovlarni mumkin bo’lgan yutuqni oshirish uchun ko’pincha ekspresslar garovlar zanjiriga birlashtirishadi.
  • Istisnosiz barcha sport turlariga to’g’ri kelmaydi. Masalan, tennisda durang bilan natija uchun variant yo’q. Va nafaqat bu sport turida. Ba’zi sport turlarida esa bunday natijalar juda kam uchraydi.
  • Bukmekerlarda topish qiyin bo’ladi. Ushbu garovlar shu qadar past koeffitsientlar bilan farq qilishi mumkinki, ularni ba’zan liniyada o’chirila boshlashadi.

Ikki baravar imkoniyat – har qanday holatda ham hisobga olish kerak bo’lgan qiziqarli garov turidir. Bu xavflarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Lekin ba’zida bunday garovni tanlash mantiqiy emasligini va vaqti vaqti bilan esa imkoniyat yo’qligini hisobga olish kerak. Buning ustiga, xavf-xatarning darajasi pastligiga qaramay, ular hali ham bor. Shuning uchun, keyinchalik muammolarga duch kelmaslik uchun tafsilotlarni o’rganish yaxshiroqdir.